FIFAdan inqilobiy taklif: Klublarga tarkibda kamida bir nafar yosh futbolchini o'ynatish majburiyati qo'yilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
29 apr 2026, 15:48
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) klublar uchun yangi va qatiy qoida joriy etish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Unga ko'ra, har bir jamoa uchrashuv davomida maydonda kamida bir nafar 20-21 yoshli futbolchini o'ynatishga majbur bo'lishi mumkin.

Vankuvyerda bo'lib o'tgan FIFA Kengashi yig'ilishida ushbu masala bo'yicha barcha manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuv jarayoni bir ovozdan maqullandi. Yangi normativ talabga ko'ra, klublar doimiy ravishda o'z akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan, 20 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan kamida bir nafar o'yinchini asosiy tarkibda maydonga tushirishlari shart bo'ladi.

Asosiy maqsad nima?

Klublarni yosh istedodlarga sarmoya kiritishga rag'batlantirish;

Yoshlar futbolini rivojlantirishni shunchaki strategiya emas, balki majburiy qoidaga aylantirish;

Iqtidorli futbolchilarning katta futbolga o'tish davrini tezlashtirish.

Ushbu taklif kelgusi yili bo'lib o'tadigan FIFA kongressiga taqdim etiladi. Agar qoida tasdiqlansa, bu butun dunyo bo'ylab transfer siyosati va murabbiylarning taktik tanlovlariga sezilarli ta’sir ko'rsatadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As