Superliga. "Qizilqum" o'z uyida bir kishi kam bo'lib qolgan "Xorazm" bilan durang o'ynadi

Administrator
29 apr 2026, 20:50
Superliganing 10-tur doirasidagi uchrashuv yakunlandi.

“Qizilqum - “Xorazm” 0:0

Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov

Yordamchi hakamlar: Abdulhamid Abduraimov, Jamshid Bakirov

Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev

VAR hakami: Akobirxo'ja Shukurullaev

AVAR hakami: Elnur Doniyorov

Nazoratchi: Vadim Agishev

Komissar: Qudrat Madraimov

"Qizilqum": 1.Farhod Rahmatov, 7.Fayzullobek Jumanqo'ziev (19.Ilhomjon Kenjaev, 81’), 8.Shahzodbek Rahmatullaev, 15.Nikola Kumborovich, 17.Akmaljon Muzafarov (10.Islom Kenjabaev, 70’), 21.Muhammadaziz Ibrohimov (9.Shahzod Turopov, 46’), 23.Samandar Shukurillaev, 31.Jambuli Jigauri, 44.G'iyosjon Rizaqulov, 70.Shoxro'z Norxonov (11.Shebetun Oleksiy, 59’), 77.Diyor Rahmatilloev (4.Ilhomjon Vaxobov, 81’)

Zaxira: 99.Xumoyunshox Sayyotov, 6.Murodali Usmonov, 14.Alisher Shukurov, 20.Bobomurod Bozorov

"Xorazm": 33.Nikola Stoshich, 10.Yanis Allan Lheri, 11.Danila Ejov, 15.Diyorbek Ortiqboev, 17.Daniil Nugumanov (70.Sultonboy Ismoilov, 71’), 22.Sunnatullox Hamidjonov, 25.Matia Rom, 55.Azizbek Pirmuhammadov (9.Jasur Azimov, 80’), 79.Azizjon Ahrorov (7.Temurbek Ismoilov, 46’), 88.Abror Xo'sinov (5.Abbosjon Otaxonov, 46’), 96.Rafael Sabino Dos Santos

Zaxira: 1.Mashxurjon Muhammadjonov, 6.Shoxjaxon Sultonmurodov, 8.Nodirbek Abduxalikov, 26.Azizbek Rahimbergonov, 77.Asadbek Saitxonov

Ogohlantirishlar: 15 - Matia Rom, 40 - Azizjon Ahrorov, 68 - Azizbek Pirmuhammadov, 75 - Rafael Sabino Dos Santos, 78 - Islom Kenjabaev

Chetlatish: 65 - Yanis Allan Lheri

90+6. O'yin yakunlandi.

90+3. Shahzodbek Rahmatullaevning kuchli zarbasi birozgina noaniq bo'ldi…

90+1. Temurbek Ismoilovning jarima zarbasidan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

84. Shebetunning zarbasi raqib futbolchisiga tegib ortga qaytdi.

78. Temurbek Ismoilov birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi…

70. Kumborovichning darvoza tomon yo'llagan zarbasini Stoshich ushlab oldi.

68. Yana qo'pollik navoiyliklar vakiliga nisbatan.

66. “Xorazm” bir kishi kam bo'lib qoldi, buyog'iga nima bo'ladi, kuzatamiz.

🟥 65. Qizil kartochka! Lheri chetlatildi!

65. Yanis Allan Lheriga nisbatan ehtimoliy qizil kartochka berilishi mumkin bo'lgan vaziyat VARda ko'rilmoqda.

62. Ikki jamoa futbolchisi to'qnashdi, “Qizilqum” a'zosiga nisbatan qo'pollik ishlatilgan bo'lishi mumkin.

2026-04-29 19.38.45.jpg

60. “Qizilqum” hozirgacha ikkita o'zgarish qildi, ko'ramiz, hujumlar qanday bo'ladi buyog'iga.

50. Shahzod Turopovning zarbasi raqib futbolchisiga tegib, darvozagacha bormay qoldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. “Xorazm” oldinga o'tmoqda endi, biroq xavfli vaziyat ko'rmadik.

35. Burchakdan uzatilgan to'pni Muhammadaziz Ibrohimov darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq bo'ldi.

2026-04-29 19.39.01.jpg

32. Rahmatullaevning jarima maydonchasi tomon uzatmasiga “Qizilqum” futbolchisi yakuniy zarbani berolmadi, Stoshich to'pni ushlab oldi.

24. Jigaurining uzoqdan tepgan to'pini darvozabon qaytardi!

20. O'yin asosan maydon markazida kechmoqda. Gol bo'lgan vaziyatdan boshqa xavfli holat ko'rmadik.

16. GOL! Jigaurining uzatmasini Norxonov bosh bilan darvozaga yo'lladi, to'p raqib futbolchisiga tegib, darvozaga kirdi. Biroq bu vaziyatda Shoxruz offsaydda bo'lgan ekan.

2026-04-29 19.39.04.jpg

10. Mezbonlar sekin-asta tashabbusni o'z qo'liga olmoqda. Chapdan havolatib uzatilgan to'pni Stoshich urib yubordi.

7. Fayzullobek Jumanqo'ziev “Xorazm” jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo hakam penalti belgilamadi.

3. Mehmonlar hujum uyushtirdi, biroq yakuniy zarba berilmadi darvozaga.

1. O'yin boshlandi!

2026-04-29 19.39.06.jpg2026-04-29 19.39.08.jpg2026-04-29 19.39.10.jpg

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliganing 10-tur doirasidagi “Qizilqum - “Xorazm” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia