

Uchrashuv bosh hakami Sandro Sherer VAR videotakrorlaridan so'ng Devisning qo'li bilan o'ynaganini qayd etgan edi. Vaziyatda to'p avval himoyachining tanasiga, so'ngra qo'liga rikoshet bo'lib tekkan.
- "Himoyachi uchun bunday penaltilar chidab bo'lmas holat. "Tana hajmini tabiiy ravishda oshirish" haqidagi qoidalarga qaramay, nahotki qo'llarni orqaga qilib himoyalanish tabiiy hol bo'lsa? - deydi Lizarazyu. - Mening fikrimcha, bunday vaziyatlarda penalti belgilanmasligi kerak".



