FIFA Trampning JCH-2026 o'yinlari Bostondan ko'chirilishi haqidagi bayonotiga javob berdi

Sherzod Nurmatov
17 okt 2025, 13:12
FIFA AQSH prezidenti Donald Trampning JCH-2026 o'yinlari Bostondan boshqa shaharga ko'chirilishi mumkinligi haqidagi bayonoti bo'yicha o'z poziciyasini ilgari surdi.

Avvalroq Amerika yetakchisi Boston meri Mishel Vuga shahardagi tartibsizliklar tufayli bu variantni ko'rib chiqayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Tashkilot esa barcha 16 mezbon shahar to'liq tayyor bo'lishini kutayotganini ta'kidladi.

"Ishonchimiz komilki, mezbon shaharlarning har biri o'yinlar yuqori saviyada o'tishini va barcha talab qilinadigan standartlarga javob bera oladi. FIFA uchun ishtirokchilar va muxlislar xavfsizligi mutlaq ustuvor vazifa bo'lib qolmoqda. Bu masalalar davlat idoralari mas'uliyatida bo'lib, ular jamoat tartibini taminlashda muhim rol o'ynaydi", – dedi FIFA vakili.

Boston 2026 yilgi Jahon chempionatiga mezbon shaharlar qatoriga kiritilgan. Foksborodagi "Jilett Stedium"da 7 ta o'yin o'tkazilishi rejalashtirilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky News