

Bugun futbol ishqibozlari tarixiy o'yin guvohiga aylanishlari mumkin bo'ladi. Yani, Shimoliy va Janubiy Koreya terma jamoalari o'zaro kurash olib boradilar. Ushbu uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 13:30da start oladi.
FIFA prezidenti Janni Infantino ana shu tarixiy bahsni bevosita "Kim II Sung stedium"dan kuzatib borish uchun KXDR poytaxti Pxenyan shahriga yetib keldi.

Janni Infantino tarixiy o'yinni stadiondan tomosha qilish imkoniyatidan foydalandi.


FIFA prezidentini Pxenyan aeroportida KXDR futbol Associaciyasi bosh kotibi Kim Jang San kutib oldi.




