FIFA Prestianni borasida shov-shuvli qaror qabul qildi

Sherzod Nurmatov
7 may 2026, 13:40
FIFA UEFAning argentinalik futbolchi Janluka Prestiannini diskvalifikaciya qilish haqidagi iltimosini qondirdi.

Jahon futboli boshqaruv organi "Benfika" futbolchisining diskvalifikaciyasini o'z shafeligidagi o'yinlarni ham o'z ichiga olgan holda uzaytirdi. Endi u Argentina terma jamoasiga chaqirilsa, Jahon chempionatining dastlabki 2 ta o'yinida o'ynay olmaydi.

2.jpg

Agar Prestianni Lionel Skaloni tomonidan Jahon chempionati uchun jalb etilmasa, keyingi evrokuboklar mavsumida oltita o'yinlik diskvalifikaciyani o'tashi kerak bo'ladi.

Argentinalik futbolchining diskvalifikaciyasi "Benfika"ning Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida "Real"ga qarshi o'yinining birinchi o'yinida Vinisius Junior shaniga irqiy kamsitishi ortidan kelib chiqdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN