FIFA Falastinda futbolni rivojlantirish uchun katta miqdroda pul ajratadi

Khoja
20 fev 2026
FIFA Falastinda futbolni rivojlantirish uchun mablag' ajratadi.

Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp Tinchlik kengashining birinchi yig'ilishida bayonot berdi.  

U aniqlik kiritib, jahon futbolining boshqaruv organi FIFA G'azo sektorida futbolni rivojlantirishga 75 million dollar sarmoya kiritishini ma'lum qilgan.

Tramp shuningdek, ittifoq a'zolari G'azo qayta tiklash jamg'armasiga 7 milliard dollar sarmoya kiritganini, BMT esa gumanitar yordam uchun 2 milliard dollar ajratganini ta'kidladi.



KhojaMuallif
Manba: FIFA.com