FIFA 66 ta jamoali JCH formatini ko'rib chiqmoqda

Sherzod Nurmatov
22 may 2026, 19:21
FIFA 2030 yilgi Jahon chempionati ishtirokchilarini 66 taga oshirmoqchi.

2026 yilgi Jahon chempionati 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi musobaqa bo'ladi. "Diario AS" xabariga ko'ra, KONMEBOL vakillari turnirga qo'shimcha 18 ta jamoa qo'shishni taklif qildi.

JCH-2030 Ispaniya, Portugaliya va Marokashdagi stadionlarda, shuningdek, ayrim o'yinlar Urugvay, Argentina va Paragvayda ham bo'lib o'tadi.

2026 yilgi mundial 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS