FFF Prezidenti Zidan Fransiya termasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkinligini aytdi

Mirjalol Normatov
8 iyun 2018, 21:01
Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Grening aytishiga ko'ra, Zinedin Zidan milliy termani boshqarishi mumkin.

"Deshamning 2020 yilga qadar shartnomasi bor. U shu yilga qadar termada ishlaydi.

Zidan futbolda katta yutuqlarga erishdi. Buni rad etib bo'lmaydi. Unga chuqur hurmat bildiraman.

YCHLni ketma ket 3 marta yutish - aql bovar qilmas ish. To'g'risi, 4-5 yillar oldin bunday bo'lishini umuman kutmagandim.

Zidan Fransiya termasida? Barchasi o'z vaqtida. Umid qilaman, bir kun kelib u milliy termamizni boshqaradi", - dedi prezident.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L`Equipe