Fernando Yerro Portugaliyaga qarshi uchrashuvdan oldin nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
15 iyun 2018, 11:22
Ispaniya termasi bosh murabbiyi Fernando Yerro JCH-2018 1-turi doirasida Portugaliyaga qarshi o'yindan oldin fikr bildirdi.

"Bizda nimalarnidir o'zgartirish uchun vaqt bo'lmadi. Biroq o'zimizga nima kerakligini juda yaxshi bilamiz. Biz ajoyib g'oya va tizim bor. Shu boisdan keskin o'zgarishlarni amalga oshirish shart emas.

Etarlicha ish bajarib bo'lingan. Raqiblarni qattiq hurmat qilamiz, ularda ulkan tajriba bor, ular Yevropaning amaldagi chempionlari. Bizda o'zimizga bo'lgan ishonch etarlicha, shu sababdan yigitlar g'alaba qozonishiga ishonaman. Biz o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rganmiz.

Bugun yigitlar mehnatining mevasini ko'rishiga umid qilaman", - dedi Yerro.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sports.ru