Fergyuson MYUning sovrin yutishi uchun qancha vaqt ketishini aytdi

Mirjalol Normatov
19 dek 2025
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson jamoaning ayni paytdagi holati haqida gapirdi.

"Amorim - yaxshi inson. Lekin barchasi oddiy emas.

O'zim ishlagan paytlarni yodga olsam, "Liverpul" juda kuchli vaqtlar bo'lgandi. Fantastik jamoa edi, YCHLni 4 marta yutgan klubning chempion bo'lishi uchun 30 yil vaqt ketdi.

Hozir biz ham shunday paytdamiz. Bu balki 10-11 yilni talab qilishi mumkin, bu cikl deyiladi.

Barchasini sinchkovlik bilan o'rganib, ishonch hosil qilgan holda ishlash kerak. Hozirgi transferlar siyosati avvalgidek emas", - dedi Fergyuson.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Press Box