"Barselona"ning Feliksni klubga qaytarishi mumkinligi borasidagi poziciyasi oshkor bo'ldi

4 okt 2026, 14:15
Kataloniya klubi portugaliyalik hujumchini o'z safiga qaytarish variantini mavsum yakunida ko'rib chiqadi.

"Al Nassr" hujumchisi Joau Feliks Yevropa futboliga qaytishni niyat qilgan va Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoa qidirmoqda. Futbolchi uchun ustuvor tanlov - "Barselona" bo'lib qolmoqda. O'yinchining vakili Jorje Mendesh "ko'k-anorranglilar"ga uning klubga erkin agent sifatida qaytish istagi borligini ma'lum qildi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, "Barselona" ayni paytda 26 yoshli hujumchining qaytishini ustuvor vazifa deb hisoblamayapti. Shu bilan birga, "ko'k-anorranglilar" Feliks nomzodidan butunlay voz kechishgani yo'q. Klub mavsum yakunida, portugaliyalik futbolchi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolash varianti jozibador bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtda jamoaning ehtiyojlarini tahlil qilmoqchi.

Feliks 2023/2024 yilgi mavsumda "Atletiko"dan ijara asosida "Barselona"da o'ynagan edi. Uning "Al Nassr" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es