Farrux Turdaliev: "Eng yaxshilar qatorida taqdirlashgani uchun muxlislar va mutaxassislarga minnatdorchilik bildiraman"

Aslanov Jasurbek
4 fev 2021
"Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2021" musobaqasining "Bunyodkor"-"Istiqlol" jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvidan so'ng musobaqaning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan istedodli posbon Farrux Turdaliev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu yilgi "Hokim kubogi" musobaqasi har doimgidan ko'ra shiddatli ruhda o'tdi. Buni ishtirokchi jamoalarga nazar tashlasangiz ham yaqqol sezish mumkin. Viloyatimiz hokimi Xayrulla Bozorovning futbolga bo'lgan e'tibori yuqori. Shu sabali bu yilgi musobaqa har tomonlama ko'tarinki ruhda o'tdi. Biz murabbiylarimiz tomonidan berilgan ko'rsatmalarni bajardik, o'yinlarda g'alaba uchun astoydil harakat qildik. Ikkinchi o'rin ham yomon emas nazarimda.

Ikkita o'yinda penaltilar seriyasini yutdik? Bilasizmi, penaltilar seriyasi bu lotoreya kabi, omad kelsa yutasiz. Omadimiz kelgan ekan, shu sababdan ketma-ket ikkita o'yinda penaltilar seriyasidagi g'alaba evaziga g'alaba qozondik. 

Eng yaxshi darvozabon deb topilganim albatta meni ruhlantiradi. Kelajakda biz yangi mavsumga katta maqsadlar bilan tayyorlanmoqdamiz. Nasib bo'lsa har bir uchrashuvda g'alaba qozonib yuqori o'rinlar uchun kurashamiz. Meni eng yaxshilar qatorida taqdirlashgani uchun muxlislar va mutaxassislarga minnatdorchilik bildiraman" - deydi Farrux Turdaliev.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia