Farer orollari terma jamoasida gandbolchi debyut qildi

Futbol bo'yicha Litva terma jamoasi o'z maydonida Farer orollari milliy jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqdi.

Mazkur bahs Vilnyusdagi "LFF - Vetra" o'yingohida o'tkazildi. O'yin mezbonlarning g'alabasi bilan nihoyasiga etdi - 2:1.

E'tiborli jihati shundaki, gandbolchi Xilmar Leon Yakobsen Farer orollari termasining asosiy tarkibiga kiritildi. Yakobsen yanvar oyida mamlakat gandbol terma jamoasi safida ham maydonga tushgan edi.


Manba: Championat.com