Rasman: Alaba faoliyatini Italiyada davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
25 sen 2026, 11:28
Avstriyalik himoyachi David Alaba "Udineze" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda Italiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

"Chempion oq-qora ranglarda! David Alaba - "Udineze"ning yangi o'yinchisi. Tajriba, yetakchilik fazilatlari va jahon futbolining eng yuqori cho'qqisida o'tgan faoliyat. Udinega xush kelibsan, David!", – deb yozdi klub matbuot xizmati.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Alabaning xizmatlariga Italiyaning "Roma" va "Lacio", shuningdek, Ispaniyaning "Barselona" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergandi. Transfermarkt internet portali Alabaning bozor qiymatini 3 million evroga baholamoqda.

Alaba 2021 yildan 2026 yilgacha "Real" safida to'p tepgan. Ushbu davr mobaynida himoyachi barcha turnirlarda 132 ta o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. O'tgan yozda futbolchi erkin agentga aylangan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: udinese.it