Fakundo Torres: "O'zbekistonga qarshi o'yinda murabbiy talab qilgan vazifalarni bajardik"

Sherzod Nurmatov
14 okt 2025, 14:20
Urugvay terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Fakundo Torres O'zbekiston ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"G'alabadan xursandman. Terma jamoadan chaqiruv olish muhim ahamiyatga ega. 

Jahon chempionati yaqinlashayotganini bilamiz va har bir imkoniyatdan unumli foydalanishimiz kerak. Barcha o'z vazifasini jiddiy bajarishga intilmoqda. Murabbiy bizdan talab qilgan vazifalarni bajardik deb o'ylayman", – dedi 25 yoshli futbolchi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AUF TV