

Soat 17:00da Muborakdagi Bahrom Vafoev nomidagi stadionda "Qizilqum" - "Navbahor" uchrashuvi boshlanadi.
Bu bahs Navoiydagi stadion maysasining yaxshilanayotgani bois Muborakka ko'chirilgan.
E'tiborlisi "Qizilqum" ham, "Navbahor" ham oxirgi 4ta turda g'alaba nimaligini bilishmagan.
"Qizilqum" dastlabki turda "Andijon"ni mag'lub etganidan so'ng "Qo'qon-1912", "So'g'diyona" va "Lokomotiv" bilan durang o'ynadi, so'nggi turda "Nasaf"ga imkoniyat boy berildi.
"Navbahor" esa 2-turda Toshkentda "Lokomotiv"ni taslim qilganidan keyin "Nasaf" bilan durang o'ynadi, AGMK va "Paxtakor"ga yutqazdi, o'tgan turda "Turon" bilan ham murosa ko'chasi tanlandi.
E'tiborlisi ikkala klub ham hozirga qadar raqiblari darvozasiga 4tadan gol urishgan.
Biroq "Qizilqum"da bitta o'yin kamroq. Jamoaning AGMK bilan o'yini OCHL sababli qoldirilgan.



