FAKT. "Navbahor"ning uydagi mag'lubiyatsiz seriyasi 12 taga etdi, "Metallurg" osmonida "qora bulutlar"

Sherzod Nurmatov
11 mar 2023, 18:19
Mavsumni ko'tarinki ruhda boshlagan "Navahor" ikkinchi turda ham uyda to'p tepdi.

Raqib – "Metallurg" yirik hisobda taslim etildi (3:0). 

Shu bilan birga? "lochinlar"ning uydagi mag'lubiyatsiz seriyasi 12 taga etdi. Jamoa oxirgi marta 2022 yilgi mavsumning 5-turida "So'g'diyona"ga yutqazgan (1:2).  

"Metallurg"ning esa Superligadagi g'alabasiz seriyasi davom etadi.  "Madanchilar" chempionat doirasida so'nggi bor 2022 yil 23-turda o'z maydonida "Neftchi" bilan bahsda uch ochko ishlashga muvaffaq bo'lgan (1:0).

"Navbahor" navbatdagi turda 17 mart kuni "Paxtakor" maydoniga safar qilsa, "Metallurg" 19 mart kuni o'z uyida "Qizilqum"ni qabul qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia