Erling Xoland: "Biz Norvegiya futbolini jahon darajasiga olib chiqdik"

12 iyul 2026, 18:14
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland JCH–2026dagi ishtirokdan so'ng jamoasi bilan faxrlanishini bildirdi.

"Bu mening uzoq vaqtdan beri qo'ygan maqsadim edi. Menimcha, ushbu turnirdan keyin biz Norvegiya futbolini jahon darajasiga olib chiqdik. Endi esa shu darajani saqlab qolishimiz kerak. Men bundan faxrlanaman.

Biz dunyoning eng buyuk terma jamoalaridan biri - Braziliyani mag'lub eta olishimizni isbotladik. Keyin Angliyaga yutqazdik, ammo ularni ham jiddiy kurashishga majbur qildik. Balki hammasi boshqacha yakunlanishi ham mumkin edi.

Oldinda biz uchun yana Jahon chempionatlari va Yevropa chempionatlari bor. Menimcha, endi haqiqatan ham o'zimizni butun dunyoga namoyish qilish vaqti keldi. Bizda fantastik avlod shakllangan", - dedi Xoland.

Norvegiya JCH–2026da katta sensatsiyalardan biriga aylandi. Jamoa pley-offda Braziliyani mag'lub etdi va keyingi bosqichda Angliyaga qarshi munosib qarshilik ko'rsatib, turnirni yuqori darajada o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: fifa.com