"Eshitdik-da"ning insaydi tasdiqlandi: Ravshan Ermatov O'FA prezidenti vazifasini bajaradi

Sherzod Nurmatov
21 yanv 2025, 19:27
22 fevral kuni O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari saylov Kongressi bo'lib o'tadi.

"Assotsiatsiya nizomiga binoan Kongress o'tkazilgunga qadar O'FA prezidenti vazifalari O'FA birinchi vice-prezidenti zimmasiga yuklatiladi", – deyiladi O'FA bayonotida.

Avvalroq Championat.asia sayti Ravshan Ermatov O'FA prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-marifiy va yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo'yicha o'rinbosari Abdusalom Azizov edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати