

Unda tashkilotga a'zo mamlakatlar qatorida O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligidagi O'zbekiston delegaciyasi ham ishtirok etdi. Kongressda so'z olgan FIFA Prezidenti Janni Infantino bir qator loyihalar, xususan, FIFA Forward dasturi orqali butun dunyo bo'ylab futbol jadal ravishda rivojlanib borayotganini ta'kidladi.
Unga ko'ra, FIFAning 211 ta a'zo assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar soni avvalgi tsikkillarga nisbatan sakkiz baravar oshgan. Shuningdek, navbatdagi siklda FIFA Forward dasturi doirasidagi investiciyalar rekord darajaga yetishi qayd etildi.
Bundan tashqari, FIFA rahbari futbol dunyoda birlik va hamjihatlik vositasi ekanligini aytib, joriy yilgi FIFA Jahon chempionatida ishtirok etadigan 48 ta a'zo assotsiatsiya jahon sahnasida porlashga tayyor ekanini bildirib, jamoalarga omad tiladi.
Shuningdek, kun tartibidan tashkilotning 2025 yilgi bayonnomasi va yillik hisobotini tasdiqlash, tartib-intizom qo'mitasi a'zolarini saylash, FIFA Nizomida belgilangan muddatda a'zo assotsiatsiyalar va Kengash tomonidan kiritilgan takliflarni muhokama qilish hamda irqchilikka qarshi global tashabbusni davom ettirish masalalari o'rin oldi.




