

G'oliblik uchun Saudiya Arabistonining "Al Nassr" hamda Yaponiyaning "Gamba Osaka" klublari kurash olib boradi.
Bizgacha yetib kelgan ma'lumotga ko'ra, OFK final uchrashuvini o'zbekistonlik Rustam Lutfullinga ishonib topshirishni rejalashtirgan. Biroq referining O'zbekistondagi holatidan kelib chiqib, u finalni boshqarmaydigan bo'ldi.
Qayd etish kerak, Superliga 6-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvidan so'ng PFL Ijroiya qo'mitasi shoshilinch yig'ilish o'tkazgan bo'lib, unda O'zFHM hakamlarining so'nggi vaqtlardagi faoliyati jiddiy tanqid ostiga olingan hamda PFL Rustam Lutfullin va Ibrohim Ismoilovni mavsum yakuniga qadar Superliga, Proliga, O'zbekiston kubogi kabi musobaqalardan chetlashtirishni talab qilgandi. Shuningdek, PFL bergan bayonotda Lutfullinning xalqaro maydondagi faoliyati ham ko'rib chiqilishi aytilgandi. Ko'rinishidan, bu kabi harakatlar OFK nazaridan ham chetda qolmagan.
Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, PFL hakamlik masalasini tartibga solish yuzasidan bir qator rejalar ishlab chiqmoqda. Biroq tashkilot JCH-2026 musobaqasiga qadar shoshilmoqchi emas.



