

Ushbu tayyorgarlik jarayonida "oq bo'rilar" bir qator kuchli va dunyoning top terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi ko'zda tutilgan.
Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Argentinaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin Argentinada bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
FIFA e'lon qilgan taqvimga e'tibor qaratsak, o'yin 20-28 oktyabr sanalari oralig'ida o'tadi. Ma'lumot uchun, Argentina amaldagi Jahon chempioni hisoblanadi.

O'zbekiston bunga qadar Janubiy Amerika qitasidan Venesuela, Boliviya, Urugvay bilan kuch sinashgan.



