Eshitdik-da: Islom Kenjaboev "Lokomotiv" bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi

Narzulla Saydullayev
24 noya 2023, 15:47
Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, "Qizilqum" yarim himoyachisi Islom Kenjaboev ushbu mavsum yakunida navoiyliklar safini tark etadi.

Uning tez orada Toshkentga ko'chib o'tishi hamda "Lokomotiv" bilan shartnoma tuzishi aytilmoqda. Shartnoma muddati ikki yilga mo'ljallangan bo'ladi. Kecha Kenjaboev "Qizilqum" safida "Neftchi" bilan o'yinda 90 daqiqa harakat qildi.

Ma'lumot uchun, Islom Kenjaboev bu mavsum Superligada 24 o'yinda maydonga tushib, 8ta golga mualliflik qildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia