Eron chempionati. "Traktor" mehmonda mag'lubiyatga uchradi, Hamrobekov 73 daqiqa harakat qildi

Sherzod Nurmatov
6 fev 2026, 17:58
Eron Pro ligasi 20-turidan o'rin olgan "Fajr Sepasi" – "Traktor" bahsi bo'lib o'tdi.

Unda "Traktor" safarda mag'lubiyat alamini tatib ko'rdi (1:2). O'zbekiston terma jamoasi xavbeki Odil Hamrobekov maydonda 73 daqiqa to'p tepdi. 

Shunday qilib, "Traktor" 35 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi, "Fajr Sepasi" esa 27 ochko bilan oltinchi o'ringa ko'tarildi. 

Eron Pro ligasi

20-tur

"Fajr Sepasi" – "Traktor" 2:1

Gollar: Sharifi 38', Murodi 83' – Hussaynizoda 41'

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia