Eron chempionati. "Persepolis" qiyin g'alabaga erishdi, O'runov 86 daqiqa, Sergeev to'liq o'ynadi

Sherzod Nurmatov
3 fev 2026, 19:43
Eron Pro ligasi 19-turidan o'rin olgan "Persepolis" – "Chadormalu" uchrashuvi yakunlandi.

Unda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozondi. "Persepolis" tarkibida vinger Oston O'runov 86-daqiqada almashtirilgan bo'lsa, hujumchi Igor Sergeev to'liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

"Persepolis" ayni paytda 34 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etib turibdi. 

Odil Hamrobekov jamoasi "Traktor" esa 35 ochko bilan jadvalda yetakchilik qilmoqda.

Eron Pro ligasi

19-tur

"Persepolis" – "Chadormalu" 1:0

Gol: Amirhussayn Mahmudi 82

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia