

Toshkent shahar hokimi futbolchilar bilan yaqindan tanishish maqsadida “Paxtakor” Markaziy stadioniga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida Umrzoqov klub akademiyasining erishgan natijalaridan mamnun ekanini ta'kidlab, yo'lga qo'yilgan tizimni yanada rivojlantirish maqsadida yaqin kunlarda yangi akademiya loyihasini taqdim etishini ma'lum qildi.
Shuningdek, klubni tizimli ravishda rivojlantirish, bu borada keyingi yillarga mo'ljallangan strategiyani ishlab chiqish ustuvor vazifalardan biri ekanini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida esdalik uchun suratga tushildi va jamoaga ertangi muhim bahsda omad tilab qolindi.













