Elit OCHL. "Kavasaki Frontale" qo'shimcha bo'limlarda "Al Sadd"ni mag'lub etib, Saudiya Arabistoni jamoalaridan iborat bo'lgan yarim final bosqichiga yo'l oldi

Alisher Ostonov
28 apr 2025
Elit OCHL chorak final doirasidagi "Kavasaki Frontale" - "Al Sadd" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yinning asosiy qismida 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi. "Kavasaki Frontale" vakillari Erison va Marsinoning gollariga "Al Sadd"dan Paulo Otavio va Klaudino javob qaytardi. Yaponlar qo'shimcha bo'limlarda Vakizakaning 98-daqiqadagi goli evaziga yarim finalga yo'l olishdi.

Eslatib o'tamiz, bungacha yarim finalga Saudiya Arabistonining "Al Hilol", "Al Nassr" va "Al Ahli" jamoalari yo'l olgandi.




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia