

Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida o'tkazilgan mazkur tadbirda ertangi bellashuvga oid muhim tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Yig'ilish yakunlariga ko'ra, jamoalarning o'yinga qanday rangdagi sport formalarida tushishi tasdiqlandi. Kelishuvga asosan, mezbon "Neftchi" futbolchilari o'zlarining ananaviy sariq-qora rangli liboslarida harakat qiladi. Mehmon jamoa vakillari esa maydonga to'liq ko'k rangdagi formada tushishi belgilandi.
Avvalroq iroqliklar O'zbekistonga guruhlarga bo'lingan holda kelishi haqida xabar berilgandi.



