Eldor Shomurodov – A Seriya 35-tur ramziy terma jamoasiga kiritildi

Khoja
8 may 2025
"WhoScored" nashri Italiya chempionati 35-turi ramziy terma jamoasini tuzdi.

Quvonarlisi, "Roma" g'alabasiga o'z golli uzatmasi bilan salmoqli hissa qo'shgan o'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov ham ramziy termadan o'rin olgan. 



Shomurodov o'yin yakuniga ko'ra, 7.1 reyting bahosiga loyiq deb topilgandi. E'tiborlisi, "SofaScore" nashri ham hamyurtimiz o'yinini etirof etib, unga 7,4 baho qo'ygandi.


KhojaMuallif
Manba: WhoScored