Edita Mirobidova va Zilola Rahmatova ayollar o'rtasidagi U-20 Osiyo Kubogi saralash bahslarida ishlaydi

Sherzod Nurmatov
2 may 2023
2024 yilda mamlakatimizda o'tadigan ayollar o'rtasidagi U-20 Osiyo Kubogi final bosqichi uchun saralash bahslari davom etmoqda.

Joriy yilning 6-10 iyun kunlari Myanmaning Yangon shahrida mazkur musobaqa uchun 2-bosqich saralash bahslari bo'lib o'tadi. “B” guruhi vakillari Xitoy, Myanma, Nepal hamda Xitoy Taypeyi jamoalari keyingi bosqich uchun kurash olib borishadi.

E'tiborli tomoni, Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan mazkur saralash bosqichi uchun 2 nafar FIFA hakami – Edita Mirobidova hamda Zilola Rahmatova ham tayinlov olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази