YCHL. PSJ - "Bavariya". Yarim finalning ilk bahsi uchun asosiy tarkiblar ma'lum

Aslanov Jasurbek
28 apr 2026, 22:58
Bugun Yevropa Chempionlar Ligasining 2025/2026 mavsumi eng hayajonli pallasiga kirdi.

Parijdagi "Park de Prens" stadionida Fransiya va Germaniya grandlari to'qnash kelishadi.

Shveytsariyalik hakam Sandro Sherer boshqarib boradigan uchrashuv uchun murabbiylar quyidagi futbolchilarni asosiy tarkibda maydonga tushirishga qaror qilishdi:

"Pari Sen-Jermen": Safonov, Xakimi, Markinos, Pacho, Mendesh, Zair-Emeri, Vitinya, Nevesh, Due, Dembele, Kvaratsxeliya.

"Bavariya": Noyer, Devis, Ta, Yupamekano, Stanishich, Pavlovich, Kimmix, Dias, Musiala, Olise, Keyn.

Javob uchrashuvi 6 may kuni Myunxenda bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia