"Liverpul" PSJning 18 yoshli yulduzini sotib olishi mumkin - Caught Offside

29 apr 2026, 09:40
"Liverpul" PSJning 18 yoshli hujumchisi Ibrohim Mbayega qiziqmoqda va uni sotib olish bo'yicha yetakchilik qilmoqda.

Senegal milliy terma jamoasi vingeri francuz grandidagi o'yin vaqtining kamligidan norozi bo'lib, kelasi yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Mbayega "Manchester Siti", "Vest Xem" va "Brayton" kabi klublar ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Mbaye barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 2 ta golga assist bergan. Futbolchining PSJ bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 30 million evroni tashkil qiladi.


Manba: