Rafinya "Barselona" va Braziliya terma jamoasining ayblovlariga javob berishga tayyorlanmoqda

Aslanov Jasurbek
21 noya 2026, 13:19
Hujumchi Rafinya yaqin bir necha kun ichida "Barselona" va Braziliya terma jamoasi tomonidan o'ziga nisbatan bildirilayotgan etirozlarga javob qaytarish maqsadida ommaviy bayonot berish niyatida.

Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" lagerida uni ehtiyotsizlikda ayblayotganlar bor, chunki futbolchi jarohatlariga qaramay, milliy jamoaning o'rtoqlik o'yinlariga chaqiruvlarni hech qanday etirozsiz qabul qilgan. O'z navbatida, Braziliyada esa o'yinchini o'z mamlakatidan ko'ra "Barselona"ga ko'proq ahamiyat berishda ayblashmoqda.

Rafinya bunday gap-so'zlardan g'azablangan va tayyorlanayotgan bayonoti orqali o'zi haddan tashqari oshirib yuborilgan hamda adolatsiz deb hisoblaydigan bahs-munozaralarga chek qo'ymoqchi.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es