Opta superkompyuteri Pochettino tayinlanganidan so'ng MYUning "Liverpul"ni mag'lub etish imkoniyatlarini baholadi

Aslanov Jasurbek
21 noya 2026, 11:50
Opta superkompyuteri Angliya Premer-ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi 11-turidan o'rin olgan "Liverpul" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi bellashuvda jamoalarning g'alaba qozonish imkoniyatlari bo'yicha dastlabki taxminlarini e'lon qildi.

Ularning o'zaro uchrashuvi 22 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Statistik portal ma'lumotlariga ko'ra, mersisaydliklar uy uchrashuvida yaqqol favorit sanalmoqda. Ularning g'alabasi 57,3 foizga baholanmoqda. Yangi bosh murabbiy Maurisio Pochettino tayinlanganidan so'ng "qizil iblislar"ning zafar quchish ehtimoli 20,5 foizni tashkil etmoqda. Jamoalar o'rtasidagi durang natija esa 22,2 foizga baholangan.

Ayni damda "Liverpul" 18 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining to'rtinchi pog'onasida bormoqda. "Manchester Yunayted" esa joriy mavsumning dastlabki 10 ta o'yinida atigi bitta g'alaba qozonib, APL jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta