

– Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday o'tmoqda?
– Hozir tayyorgarlik jarayonidamiz. Asosan, jismoniy holatga urg'u qaratganmiz. Bugungi bahsda futbolchilar biroz asabiylashdi. Raqib ham javob qaytardi, o'yin shunaqa keskin tus oldi deb o'ylayman.
- Ketma-ket o'yinlar va mashg'ulotlar, charchoq alomati bo'lishi ham mumkin...
- Bo'lishi mumkin, lekin baribir chempionatga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Xudo xohlasa, Superliga oson bo'ladi.
- Birinchi bo'limda ikkita yaxshi vaziyat bo'ldi. Nima deb o'ylaysiz, balki o'sha sof hujumchi yo'qligi pand berdimi?
- Yo'q, futbolda bo'lib turadi. To'p darvozaga kirmadi, xullas. Bu borada mashg'ulotlarda ish olib boramiz.
- Superliganing yangi mavsumiga ham oz vaqt qolyapti. So'ramoqchi bo'lganim, bugun shunaqa xabar tarqaldi: "Paxtakor" safiga polshalik hujumchi kelishi mumkin ekan. Eshitdingizmi?
- Ha, bugun eshitdim. Kelib, jamoaga yordam bersa, nur ustiga a'lo nur bo'lardi.



