Diyor Holmatov: "Ikki yil avvalgi boy berilgan final - biz uchun asosiy motivaciya"

Абдулвосит Бектемиров
21 apr 2024
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchisi Diyor Holmatov bugungi mashg'ulotlarda saytimiz uchun kichik intervyu berdi.

"Biz dastlabki vazifani bajardik. Yaxshi O'Yin o'tkazdik va yirik hisobda g'alaba qozondik. Olti ochko to'plab ulgurganimizga qaramay, guruh bosqichidagi so'ngi uchrashuvimiz bor. Vetnamga qarshi uchrashuvda 3 ochkoni qo'lga kiritib yuz foizlik natija bilan guruhdan chiqishni maqsad qilganmiz. Ikki yil avval biz finalda mag'lub bo'lgandik va shu biz uchun motivaciya bo'lishi kerak. Vetnam jamoasini hali o'rganib chiqmadik, bugundan ularni tahlil qilishni boshlaymiz. Vetnam ham 6 ochko to'plab turibdi" - deya fikr bildirdi "Paxtakor" futbolchisi




Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia