Dik Advokat "Feyenoord"da Robin van Persiga maslahatchi bo'ladi

Iskandarov Abdulaziz
18 mar 2026
Kyurasao terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Dik Advokat mavsum yakuniga qadar "Feyenoord" bosh murabbiyi Robin van Persiga maslahatchi sifatida yordam beradi.

Bu haqda Rotterdam klubi matbuot xizmati ma'lum qildi. Qayd etilishicha, Advokat van Persiga maslahatlar beradi, ammo rasmiy lavozimni egallamaydi va o'yinlar paytida zaxira o'rindig'ida bo'lmaydi.

Advokat fevral oyi oxirida qizining sog'lig'i bilan bog'liq muammolar sabab Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgan edi. U jamoani 2024 yil yanvaridan boshqarib kelgan va uning rahbarligida terma jamoa tarixida ilk bor jahon chempionati finaliga chiqqan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia