"Oila futboldan muhimroq." Advokat oilaviy sabablarga ko'ra hal qiluvchi o'yin oldidan Kyurasao terma jamoasini tark etdi

Khoja
17 noya 2025
Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyi Dik Advokat oilaviy sabablarga ko'ra terma jamoaning hal qiluvchi bahsida jamoasiga yordam bera olmaydi

"Yigitlarni tashlab ketish - juda og'ir qaror. Yuragimda og'riq bilan buni qabul qilishga majbur bo'ldim, lekin oila futboldan muhimroq. Niderlandiyada ekanman, texnik xodimlar bilan yaqin aloqada bo'laman va futbolchilarimga to'liq ishonaman, – dedi Advokat.

Kyurasao Shimoliy Amerika saralashining "B" guruhida 11 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, Yamayka 10 ochko bilan keyingi o'rinda. G'alaba yoki durang qayd etilgan taqdirda, Kyurasao tarixda ilk bor mundial o'yinlarida ishtirok etadi.


KhojaMuallif
Manba: @uz_eksport