Delap "Chelsi"da omadsiz hisoblangan 9-raqam haqida: "Bunday narsalarga ishonmayman"

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2025
Liam Delap "Chelsi"da 9-raqam ostida o'ynashdan qo'rqmasligini aytdi.

22 yoshli hujumchi AQSHdagi klublar jahon chempionatida "Esperansa"ga qarshi o'yinda (3:0) londonliklar safida birinchi golini urdi.

Hujumchi XXI asrda jamoada "omadsiz" deb hisoblanadigan 9-raqam ostida o'ynaydi.

"Futbolchi o'ziga ishonishi kerak. Oxir-oqibat, bu faqat raqam. Bu narsa men uchun ko'p narsa anglatmaydi.

Men bunday narsalarga ishonmayman. Umid qilamanki, natijani ko'rsatishda davom eta olaman", – dedi Delap.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic