Deku: "Nyukasl" - qiyin raqib"

Mirjalol Normatov
27 fev 2026, 22:28
"Barselona" sport direktori Deku YCHL qur'asidan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Bu bosqichda omad haqida gapirish qiyin. Biz uchun qiyin qur'a bo'ldi.

Raqiblarni biz tanlamaymiz, aytganimdek, hech kim taxmin ham qilgani yo'q. Qur'ani hurmat qilamiz. Biz umuman boshqa qiyin raqiblardan birini ham qabul qilishimiz mumkin edi. "Nyukasl" - qiyin raqib, ularning stadionida o'ynash oson bo'lmaydi.

PSJga qarshi ham biz juda zo'r o'ynadik, hammasini mayda detallar hal qildi. Endi javob o'yini Barselonada bo'lishi biz uchun ustunlik berishi mumkin", - dedi Deku.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport