David Silva MYUning ustidan kuldi

Sherzod Nurmatov
9 sen 2022
"Real Sosedad" yarim himoyachisi David Silva Yevropa Ligasining 1-turida "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin (1:0) Angliya klubini masxara qildi.

O'yindan so'ng futbolchi Instagram'ga ko'k yurak emojisini joylab, "Yana" deb yozdi. Xuddi shu yozuvda ispaniyalik avvalroq o'zi o'ynagan "Manchester Siti" klubini belgilagan.

Ko'rinishidan, Silva "Manchester Siti" futbolchisi sifatida "Manchester Yunayted"ni bir necha bor mag'lub etganiga ishora qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Instagram.com/david21lva