Danilu: "Irlandiyaga qarshi o'yinning 88-daqiqasida Ronaldu yutishimizni aytgandi"

Mirjalol Normatov
14 fev 2022
Portugaliya termasi futbolchisi Danilu Pereyra JCH-2022 saralashi doirasida Irlandiyaga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Uchrashuvning 88-daqiqasida Ronaldu suv ichish uchun zaxira o'rindig'iga keldi va: "Havotir olmang, bu o'yinni yutamiz", dedi. Uning gaplari aniq eshitildi. Tabloga qaraganimda asosiy vaqt tugashiga 2 daqiqa qolgandi. O'shanda: "Nimalar deyapti?", deb qo'ygandim.

Iloji boricha tezroq gol urishimiz va hisobni tenglashtirishimiz kerak edi. U 89 va 96-daqiqada gol urdi", - dedi Pereyra.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal