Coca Cola Superliga. Bugun "So'g'diyona" "Metallurg" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
3 noya 2020
Bugun Superliganing 22-turidan o'rin olgan so'nggi bahs Jizzaxda bo'lib o'tadi.


SO'G'DIYONA – METALLURG
3 noyabr 2020 yil. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 16:00
Hakamlar:
Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Shavkat Rahmatov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: Sherzod Rajabov.

Bu ikki jamoa O'zbekiston chempionati doirasida hozirga qadar 37 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Natijalar mutlaqo teng: Ikkala jamoa ham 15 martadan g'alabaga erishgan va 7 marta durang o'ynashgan. Qizig'i bu o'yinlarda "Metallurg" ham, "So'g'diyona" ham 51tadan gol urishgan.

Birinchi davrada Bekobodda o'tgan bahsda "Metallurg" 2:0 hisobida g'olib bo'lgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia