Chilavert Vinisius haqida: "Braziliya policiyasi argentinalik muxlislarni kaltaklaganda namunali yetakchi qayerda edi?"

Aslanov Jasurbek
30 mar 2024
Paragvay terma jamoasi sobiq posboni Xose Luis Chilavert Vinisius Juniorga Braziliya o'yinidan oldin sodir bo'lgan voqeani eslatib qo'ydi.

2023 yilning noyabrida Braziliya hamda Argentina terma jamoalari bahsidan oldin "Marakana" tribunasida mojaro yuzaga kelgan. Policiya muxlislarga qarshi "dubinka"larni ishga solgan edi. To'qnashuv 15 daqiqa davom etgan.

"Braziliya policiyasi Argentina terma jamoasi va "Boka Xuniors" muxlislarini kaltaklaganida Vinisius nomli namunali yetakchi qayerda edi?

Ular bolalar, ayollar va veteranlarni kaltaklashadi. Ular seni urishsa - hammasi joyida. Ularga hurmatsizlik qilsang yig'lashni boshlashadi" - dedi Chilavert.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As