

"Match TV" xabariga ko'ra, "Al Ahli" 59 yoshli mutaxassisni kuzatgan va qiziqish bildirgan.
O'tgan mavsumda Jidda klubi Saudiya Arabistonining ikkinchi darajali ligasida chempionlikni qo'lga kiritib, asosiy ligaga yo'llanma olgandi. Yozda jamoa tarkibiga Eduar Mendi va Roberto Firmino kabi futbolchilarni qo'shib oldi.
Cherchesov qo'l ostidagi "Ferencvarosh" YCHL saralashida Farer orollarining "Klaksvika" jamoasiga mag'lub bo'lib, turnirdan chiqib ketdi. Shundan keyin klub Cherchesovning iste'fosini e'lon qildi.



