Cheran "Andijon" taklifini rad etdi va boshqa bir jamoaga o'tmoqda

Sherzod Nurmatov
18 dek 2025, 12:40
"Nasaf" tajribali hujumchisi Dragan Cheran Samvel Babayan qo'l ostidagi "Andijon" tomonidan kelib tushgan taklifni qabul qilmadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, u "So'g'diyona" jamoasi safiga borib qo'shilishi kutilmoqda.

38 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum qarshiliklar tarkibida 34 o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 4 ta golga assistentlik qilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/toppodcast1