Chempionlar ligasi. Hafta futbolchisiga nomzodlar e'lon qilindi

Khoja
19 mar 2026, 08:46
UEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasining 1/8 final javob o'yinlari yakunlari bo'yicha haftadagi eng yaxshi o'yinchi sovrini uchun nomzodlarning ismlarini e'lon qildi.

Ushbu sovringa Fransishku Trinkau ("Sporting"), Vinisius Junior ("Real Madrid"), Rafinya ("Barselona") va Dominik Soboslai ("Liverpul") kabi futbolchilarning nomzodi joy oldi.

Fransishku Trinkau "Budyo-Glimt"ga qarshi o'yinda (5:0) 2 ta golli uzatma berdi;

Vinisius "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda (2:1) dubl qayd etdi;

Rafinya "Nyukasl"ga qarshi o'yinda (7:2) 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi;

Dominik Soboslai "Galatasaray"ga qarshi o'yinda (4:0) gol urdi.


KhojaMuallif
Manba: UEFA.com