"Chelsi"ga Donnarumma yoqadi. Futbolchi KJCHdan so'ng bitim borasida qaror qabul qiladi

Alisher Ostonov
13 iyul 2025
"Chelsi" Janluiji Donnarummaga qiziqish bildirmoqda.

Italiyalik darvozabonning PSJ bilan shartnomasi 2026 yilning iyunida yakuniga etadi. Klub bir necha oydan beri futbolchining atrofidagilar bilan kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Donnarummaga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda, ular orasida "Chelsi" ham bor. PSJ va futbolchining o'zi klublar o'rtasidagi jahon chempionati yakunlanganidan keyin bir qarorga keladi.

Takidlanishicha, Donnarumma qolishni istaydi, ammo har qanday shartlar evaziga emas.


Alisher OstonovMuallif
Manba: L’Equipe