

Agar “Chelsi” rahbariyati Konteni mavsum so'ngida bo'shatishga qaror qilsa, u holda klub italiyalik murabbiyga 9 million funt sterling miqdorida kompensaciya to'lashiga to'g'ri keladi. Qayd etilishicha, Antonio iste'foga chiqishni xohlamaydi. Ammo agar iste'fo yuz beradigan bo'lsa, londonliklar rahbariyati Kontega pullarni shartnomasi tuzilgan muddatga to'lashni yoki murabbiy o'ziga yangi jamoa topguniga qadar to'lashni taklif etishi ham mumkin.



